Aniqrogʻi, kelasi oyning 28 sanasi kuni Chexiyada oʻtkaziladigan boks oqshomida bokschimiz qozogʻistonlik Ali Baloyevga qarshi ringga koʻtarilishi kutilmoqda.

Boks ixlosmandlarini ushbu kecha ajoyib bahs kutib turgani shubhasiz. Chunki har ikkala charm qoʻlqop ustalari ham professional boksda eng yaxshi natijalarni qayd etib kelmoqda. Xususan, Sanjar shu kungacha professional boksda uchta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan, shundan 1 tasi nokaut. Ali Baloyevning koʻrsatkichi ham aʼlo. Jumladan, u 10 marotaba ringga koʻtarilgan va barcha janglarda gʻalabaga erishgan, uning hisobida 7 ta nokaut bor.