Belarus Oliy ligasining navbatdagi turida “Energetik-BGU” oʻz maydonida “Neman” bilan uchrashdi va 2:1 hisobida gʻolib chiqdi

Shuni alohida aytib oʻtish lozimki, uchrashuvda “Energetik-BGU” safida toʻp surgan hamyurtlarimiz Bobur Abdixoliqov va Abduqodir Husanov bittadan gol kiritib, jamoasi gʻalabasini taʼminladi. Ushbu yutuqdan soʻng, “Energetik-BGU” ochkolari sonini 41taga yetkazib, hozircha 1-oʻringa koʻtarildi. “Shaxtyor” va BATE hisobida 40 tadan ochko bor.

Quvonarli tomoni, Bobur chempionatda 20 ta gol kiritib, toʻpurarlar bahsida yaqqol yetakchilik qilmoqda.