Bugun Amudaryo ustida Xorazm viloyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan bogʻlaydigan 413 metrlik koʻprik, hamda Qoraoʻzak tumanidan Shovot tumanigacha 79 kilometrlik temir yoʻl oʻtkaziladigan qoʻshma koʻprikka tamal toshi qoʻyildi.

Yangi koʻprikning qurilishi Rossiya va Qozogʻistondan yuklarni tashish masofasini 240 kilometrga, yuklarni tashish vaqtini esa 6 soatga qisqartiradi. Shunday qilib, yuk tashish hajmi ikki baravar koʻpayadi va yiliga 25 million tonnani tashkil etadi. Respublikamizning yuqoridagi mintaqalari rivojlanib borishi bilan iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 milliard soʻmga oshadi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Xorazm viloyatiga inert materiallarni yetkazib berish xarajatlari kamayadi, bu esa ijtimoiy obyektlar va infratuzilmalarni qurish xarajatlarini kamaytiradi.

Ikki hududni bogʻlovchi temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigini qurish ishlari 2022-yil sentyabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.