Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashovchi 17 yoshli (qiz) Sh.M. “Telegram” messenjeridagi “ayollar oyoq kiyimi” nomli guruhda, nomaʼlum shaxs bilan 2 juft oyoq kiyim sotib olishni kelishadi.

Jami 390.000 soʻm pullarni oʻtkazib bergach, aldanib qolganligini tushunib yetadi va kerakli idoraga ariza bilan murojaat qiladi. Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 42 yoshli (ayol) M.Z. sodir etganligi aniqlandi.

Oʻrganish davomida, M.Z. “Telegram” messenjeridagi “ayollar oyoq kiyimi” nomli guruhda Sh.M. bilan tanishib, 2 juft oyoq kiyim yetkazib berishni vaʼda qilgan va oldindan 390.000 soʻm pullarini oʻtkazib olib, Sh.M.ning qoʻngʻiroqlariga javob bermay, uni qora roʻyxatga kiritib qoʻygan.

Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, Sh.M. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.