Viloyat hokimligida Toshkentda boʻlib oʻtgan boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ikki karra jahon chempioni, “Tokio-2020” olimpiya oʻyinlari gʻolibi Bahodir Jalolovning ikkinchi marotaba jahon chempionligini qoʻlga kiritgani bilan muborakbod etib, munosib taqdirladi.

Surxon vohasining faxri, chempion bokschimizga keyingi xalqaro musobaqalarda omadlar tilandi.