Chiroqchi tumani “Langar” mahallasi hududidagi 2 ming metr balandlikdagi cho'qqida mol boqib yurgan fuqaroning qon bosimi oshib, ahvoli yomonlashgani haqida tuman Qutqaruv xizmatiga xabar keladi.

Ko'p sonli aholi, xizmat xodimlari va tez tibbiy yordam bo'limi xodimlari bemor oldiga 4 soat vaqt mobaynida etib borishgan.

Aholi va qutqaruvchilar sa'y harakati bilan bemor pastga olib tushilib, birinchi yordam ko'rsatilgan va uning joni asrab qolindi