Qayd etilishicha, -81 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtlarimiz Rigina Adashbayeva hamda Madina Fayzullayeva oʻz nomlarini sovrindorlar qatoriga qoʻshib qoʻydi.

Jumladan, Rigina Adashbayeva dast koʻtarishda 104 kg natija bilan bronza, hamda ikkikurashda 224 kg jamgʻargan holda 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Madina Fayzullayeva esa siltab koʻtarish mashqida 121 kg toshni boʻysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.