Ikki nafar qizni fohishalik qilish uchun xorijga yubormoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Xavfsizlik 21 Dekabr 2022 1293

    Hatto qizlarning Hindistonga borish va viza xarajatlarini toʻlab bergan.

    13-dekabr kuni Toshkent viloyati IIB tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 1978-yilda tugʻilgan (M.U.) shaxs namanganlik 19 va 27 yoshli opa-singilni fohishalik qilish uchun Hindistonga yubormoqchi boʻlgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportda qoʻlga olindi.

    Maʼlum boʻlishicha, ushlangan shaxsning sharʼiy nikohdagi xotini hozirgi kunda Hindiston yashaydi. U qizlarni kutib olib, fohishalik qilishlari uchun sharoit yaratib berish va buning ortidan moʻmay daromad topishni rejalashtirgan. Hatto qizlarning Hindistonga borish va viza xarajatlarini toʻlab bergan.

    Holat yuzasidan Qibray tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bundan tashqari, mazkur jinoyatga aloqadorlikda gumonlanayotgan, bugungi kunda Hindiston davlatida yashayotgan parkentlik 32 yoshli ayolning ham ushlash (ekstraditsiya qilish) ishlari olib borilmoqda.