Ikki oʻquvchining janjali birining oʻlimi bilan yakunlandi

    Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi 2008-yilda tugʻilgan M.D. 2006-yilda tugʻilgan O. A. bilan oʻzaro janjallashgan.

    Janjal shu yilning 20-mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida yuz berdi. O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sogʻligʻi yomonlashib vafot etgan.

    Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat darsdan tashqari, tunggi vaqtda sodir boʻlganliginini eslatib oʻtdi.