Bunda, aholi noroziligiga sabab boʻlayotgan ijtimoiy muammolarning yagona reyestri shakllantiriladi, masʼul idoralarning kuchi muammoga qarab manzilli yoʻnaltiriladi.

Bundan buyon viloyat va tuman ichki ishlar rahbarlari har oyda kamida bir marta tuman va shahar kengashlariga jinoyatchilik ahvoli boʻyicha hisobot berishi belgilandi.

Ichki ishlar va Raqamli texnologiyalar vazirliklari oldiga aholining barcha tezkor va shoshilinch xizmatlarga murojaatlarini operativ hal qilish maqsadida yagona “112” tezkor raqami va dispetcherlik tizimini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.

Ushbu tizim 2024-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 1-iyulga qadar vodiy viloyatlarida, kelasi yil yakuniga qadar esa barcha tuman va shaharlarda ishga tushirilishi shart.

Shu orqali navbatchilik qismlari faoliyati ham tubdan qayta koʻrib chiqiladi.