Kecha hamyurtlarimiz ikkinchi partiya oʻyinlarini oʻtkazdi. Unga koʻra, Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboyev gʻalabaga erishib, ikkinchi bosqichga yoʻl oldi. Shamsiddin Vohidov esa durang qayd etdi. U bugun tay-brekda oʻyin oʻtkazadi. Nilufar Yakubboyeva esa afsuski, ikki partiya yakuniga koʻra imkoniyatni boy berib qoʻydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Javohir Sindarov - Deng Kipriano Rean (JAR) 2:0
Nodirbek Yakubboyev - Malek Koniaxli (Misr) 2:0
Shamsiddin Vohidov - Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) 1:1
Nilufar Yakubboyeva - Yeva Repkova (Slovakiya) 0,5:1:5
Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqoriligi sabab, bahslarni 2-bosqichdan boshlaydi.