Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:
- Samarqand viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand tuman sudining raisi N. Rajabov — odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun va yozma arizasiga asosan;
- Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo maʼmuriy sudining raisi S. Soliyev — Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.