Mazkur konstruktsiya uskunaning ikki tomonlama, ham ichkariga, ham tashqariga yig'ish imkonini beradi.
Taqdim etilgan gajet 8-dyuymli ekran — PLP AMOLED ga ega. Ikki tomoni ham yig'iladigan mazkur smartfondan ham telefon, ham planshet, ham elektron kitob sifatida foydalanish mumkin. Uskunani yanada takomillashtirish talab etiladi. Kompaniya bozor uchun ana shunday uskunalar ishlab chiqarish yoki chiqarmasligini hozircha ma'lum qilmagan, deb xabar beradi lenta.ru.