Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R. fuqarolar S.M. va K.Gʻ.ning ishonchiga kirib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihonlaridan tanishlari orqali oʻtkazib berishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.X. 4 nafar fuqaroga 18 mln soʻm evaziga goʻyoki Andijon viloyat YXHBda ishlovchi tanishlari yordamida “V.” “S” va “Ye” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishini vaʼda qilib, oldindan 9 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.