Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Chinor” YPX maskanida Fargʻona-Toshkent yoʻnalishida harakatlanib kelgan “Epica” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, yoʻlovchi M.O. 37 dona “Regapen” va 2 dona “Tropikamid” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda eas “G.S.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi A.T. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan 3 ta kapsula “Omnadren” nolmi dori vositasini 120 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan 850 dona “Karbamazepin” va 22 dona “Omnadren ” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.