Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Fargʻona shahri “Maʼrifat” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda
dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro B.A. xaridorga 3 turdagi jami 990 ta kapsuladagi inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 5,6 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Boʻka tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Ohangaron shahri, Amir Temur koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan I.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro A.J.ga 100 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.