Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, Qumqoʻrgʻon tumani hududidagi 1 gektar yaylov yer maydonini tanishlari yordamida uning nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 125 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Gʻozgʻon shahar boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M-O.” fermer xoʻjaligi rahbari X.X. Nurota tumanidan uzumzor barpo etish uchun ijara shartnomasi asosida ajratilgan 15 gektar yer maydonini fuqaro N.F.ning nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga evaziga 50 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 moddasi (firibgarlik) va 28, 211 moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.