Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 AQSH dollari va 1,2 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Doʻstlik tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga oʻzini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MCHJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “V.S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.