Maʼlum boʻlishicha, Dehqonobod tumani Terakli MFYda yashovchi uy bekasi J.S. IIBga qoʻngʻiroq qilib, voyaga yetmagan oʻgʻli E. X.ni bolani otasi D.Sh. urib tan jarohati yetkazganligi va oʻgʻli RSHTYOIM Qashqadaryo filialining jonlantirish boʻlimida davolanayotganligini maʼlum qilgan.
RSHTYOIM Qashqadaryo filialining maʼlumotnomasida voyaga yetmagan E.X. ning tanasida qoʻshma shikastlanish, bosh miyani lat yeyishi, yuz sohasini oʻng tomoni shilinmasi, boʻyin oldingi yuzasida usti pustloqlashgan terini tirnalgan jarohati, shu sohalarda yumshoq toʻqimaning lat yeyishi koʻrinishidaagi jarohatlari borligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.