Fuqarolik ishlari bo'yicha Shovot tumanlararo sudining 04.03.2016 yildagi sud buyrug'iga asosan, Qo'shko'pir tumanining G'azovot qishlog'ida yashovchi qarzdor S.K.dan undiruvchi K.U. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirilishi belgilangan. 

Biroq, fuqaro S.K. o'z farzandi uchun aliment pullarini to'lamasdan, yashirinib yurganligi sababli, Byuroning Qo'shko'pir tumani bo'limi tomonidan unga nisbatan 2020 yil 19 fevral kunidan qidiruv e'lon qilingan.

Ikki yildan ortiq muddatda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor S.K. topilib, alimentdan bo'lgan 52 mln. so'm qarzdorligi undirib berildi.