Kecha Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Myanmaga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda zafar quchdi – 3:0. Oʻsmirlarimiz birinchi turda maldivlik tengdoshlarini 7:0 hisobida yengishgan edi.
Shu tariqa, vakillarimiz ikki oʻyinda 6 ochko jamgʻarishdi.
Musobaqada oʻzbeksitonliklardan tashqari Saudiya Arabistoni, Xitoy, Myanma va maldivlik oʻsmirlari ham ishtirok etmoqda.
Guruhda 1-oʻrinni egallagan jamoa Osiyo chempionati yoʻllanmasiga ega boʻladi.
Osiyo chempionati 2023-yilda Oʻzbekistonda tashkil etiladi. Shu sababli, Oʻzbekiston U20 jamoasi saralash oʻyinlari qanday natija bilan tugashidan qatʼi nazar, mezbon sifatida chempionatda qatnashadi.