Voqea Qibray tumani Xoʻjaqoʻrgʻon mahallasidan oqib oʻtuvchi “Oqtepa” kanalining qoʻshiluvchi Zagʻariqda joriy yilning 18-iyun kuni taxminan soat 19:05 atrofida sodir boʻlgan edi.
Behush holda oqib kelayotgan goʻdakni shu yerdan oʻtib ketayotgan yoʻlovchi — Yusufbek Tojiboyev tomonidan qutqarib qolgan edi. Mazkur voqeaning aks etgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlim masʼullari, endigina 2 yoshga toʻlgan, 2021-yilda tugʻilgan Muslima Abdullayevani qutqarib, hayotini asrab qolgan Yusufbek Tojiboyevga minnatdorchilik bildirib, unga boʻlim tomonidan tashakkurnoma va sovgʻa topshirildi.
Hozir Muslima tibbiyot xodimlari nazoratiga olingan boʻlib, sogʻligi yaxshi.