Kelajakda undan Mars sayyorasining murakkab landshaftlarini tadqiq etishda foydalanish rejalashtirilgan.
U boshqa roverlarga qaraganda muayyan ustunliklarga ega. Gap shundaki, mazkur apparat zarurat tugʻilganida ikkiga ajralish imkoniyatiga ega. Mazkur jarayonda marsoxod-transformerning bir qismi joyida qolib, ajralgan ikkinchi boʻlagi mustaqil ravishda harakatlanib, unga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
Shunda ham har ikkala qism toʻliq ajralmaydi — maʼlum bir masofaga qadar choʻziladigan simlar ularni bir-biridan toʻliq ajralib ketishining oldini oladi. Ajralgan qism oʻz vazifasini bajarganidan soʻng oʻsha sim yordamida avvalgi joyiga qaytib keladi va birinchi qismga bogʻlanadi.
NASA marsoxodni sinovdan oʻtkazdi hamda uning ancha samarali ekani oʻz isbotini topdi.