Qayd etilishicha, noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joylarning o'rtacha narxi 3,9 foizga oshdi (iyul oyida – 2,5 foiz, avgust oyida – 0,5 foiz, sentyabr oyida – 1,1 foiz, oktyabr oyida – 2,3 foiz).
Ikkilamchi uy-joy narxlarining eng sezilarli o'sishi Toshkent (22,9 foiz), Navoiy (22 foiz) viloyatlar va Toshkent shahrida (22,7 foiz) kuzatildi.
Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi narx bir oy ichida 2,4 foizga qimmatlashdi (iyul oyida – 2,4 foiz, avgust oyida – 1,4 foiz, sentyabr oyida – 1,7 foiz, oktyabr oyida – 4,6 foiz).
Narxlarning eng yuqori o'sishi poytaxtning Bektemir (12 foiz), Mirobod (5 foiz) va Yunusobod (4 foiz) tumanlarida qayd etildi.