2022/2023-o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga ikkinchi oliy ta'limga qabul bo'yicha vazirlikning ikkinchitalim.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalari ko'rib chiqildi.
Ammo ayrim arizalar ma'lum bir sabablarga ko'ra rad etildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so'nggi imkoniyat beriladi.
Ro'yxatdan o'tgan barcha talabalardan o'zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko'rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so'raladi.