Oʻzbekiston olimpiya jamoasi shu kunlarda Marokashda yigʻin oʻtkazmoqda. Futbolchilarimiz yigʻin doirasida uchta oʻyin oʻtkazishni rejalashtirgan. Yoshlarimiz birincha uchrashuvda togolik tengdoshlarini 5:3 hisobida magʻlub etganini avval xabar qilgan edik. Kecha olimpiyachilarimiz Kot-dʻIvuar U-23 bilan bahslashib, durang qayd etdi – 0:0.
Endi Temur Kapadze shogirdlari 28-mart kuni mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.