Amerikaning Pfizer kompaniyasi Meksika va Pol`shada o'zining COVID-19 vaktsinasining soxta nusxalarini aniqladi, deya xabar beradi Wall Streyet Journal.
Gazetaning yozishicha, Meksika klinikasida taxminan 80 kishi go'yo Pfizer/ BioNTech tomonidan chiqarilgan, aslida esa soxta vaktsinaning har bir dozasini taxminan 1000 AQSh dollaridan olgan. Meksikada topilgan flakonlarda soxta yorliq borligi xabar qilingan.
O'z navbatida, Pol`shada soxta vaktsina aslida ajinlarga qarshi davo vositasi bo'lgan. Pol`sha rasmiylari hech kim soxta vaktsinani olishga ulgurmaganligini aytishmoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, flakonlar Pol`sha va Meksika rasmiylari tomonidan tergov davomida olib qo'yilgan, shundan so'ng Pfizer ularning soxta ekanligini tasdiqlagan.