Shu bilan birga, mazkur kinofestivalda Agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan “Meros” filmiga maxsus diplom taqdim etildi.

“Matonat” filmi Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida suratga olingan. Unda Ikkinchi jahon urushida Niderlandiyaning Amersfort konslagerida asir tushgan 101 oʻzbek askarlari haqida hikoya qilinadi.

Ssenariy muallifi Rozika Mergenbayeva, rejissyor Shuhrat Mahmudov, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, kartina direktori Gulnara Abduraximova.

“Meros” badiiy filmi oʻzbek va qozoq millatlarining abadiy doʻstligi, milliy anʼanalar va doʻstona bagʻrikenglik haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev, ikkinchi rejissyor Mashrab Alikulov.

Kinematografiya agentligi jamoasi ushbu ikki film ijodkorlarini xalqaro mukofot bilan tabriklaydi va kelgusi ijodiy ishlarda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati