2021-yilda gidrometeorologiya sohasini huquqiy tartibga solish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori va 1 ta farmoyishi qabul qilindi.

Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 50 ta avtomatik meteostansiyalar, 1 ta mobil ekologik laboratoriya va 1 dona superkompyuter uskunasi, shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hisobidan 2 ta avtomatlashgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi stansiyalari oʻrnatildi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) mintaqaviy loyihasi va boshqa donorlar ishtirokida Oʻzgidrometning hududlardagi gidrometeorologiya va qor qoʻchki kuzatuv stansiyalariga 51 ta, Qoraqalpoqston Respublika hududida 10 ta meteo va Jizzah hamda Qashqadaryo viloyatlarida 12 ta agrometeorologik avtomatik stansiyalar oʻrnatildi. Mazkur stansiyalarda oʻsimliklar namligi va zichligi, yogʻin miqdori, tuproq harorati hamda namligini avtomatik usulda har oʻn daqiqada aniqlash yoʻlga qoʻyildi. Stansiyalardan olinayotgan maʼlumotlar muntazam ravishda Oʻzgidromet axborot tizimiga uzatishni tashkil etishga muvaffaq boʻlindi.

Gidrometeorologik axborot maʼlumotlarining yagona elektron fondini shakllantirish boʻyicha, Jahon meteorologiya tashkiloti va Koreya meteorologiya administratsiyasi bilan koʻshma hamkorlik shartnomasi asosida I bosqichda Oʻzgidromet mavjud (qogʻoz shaklidagi) meteoarxiv maʼlumotlarni elektron shaklga oʻtkazish ishlari yakunlandi. Hozirda loyihaning II bosqichi amalga oshirilayotgan boʻlib, malakali mutaxassislar loyihaning I bosqichda raqamlashtirilgan (skanerlangan) maʼlumotlarni elektron (mashina oʻqiydigan) formatga oʻtkazish ishlarini bajarilmoqda.

Ilgari kuzatuv natijalari har 3 soatda ratsiya orqali uzatilgan boʻlsa, sohada IT-texnologiyalarni takomillashtirish natijasida maʼlumotlar markazga avtomatik tarzda 10 daqiqada GSM/sputnik orqali uzatib borilishi taʼminlandi.

Aholi yashash punktlarda havo sifatini monitoring qilish hamda gidrometeorologik maʼlumotlarni vizuallashtirish boʻyicha yangi “monitoring.meteo.uz” va “data.meteo.uz” geoportallari ishga tushirildi.

MODIS uskunasi modernizatsiya qilindi natijada kuniga 4 marta respublikaning togʻ va togʻoldi hududlarida qor qoplami balandligini oʻlchash orqali suv miqdori hisobini yuritish va qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya indeksi zichligini aniqlashga erishildi.

Xavfli gidrometeorologik hodisalarni prognoz qilish, kuzatish, ular sodir boʻlishi xavfi yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash boʻyicha xavfi yuqori boʻlgan hududlar Geoportali sinov tariqasida ishga tushirildi.

Buxoro viloyati hududida 1 ta meteorologik radiolakator tarmogʻi qurib bitkizildi, hamda Namangan viloyati uchun 1 ta meteorologik radiolakator majmuasi xarid qilish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Yashil iqlim jamgʻarmasi” hisobidan umumiy qiymati 10 mln dollar boʻlgan grant loyihasi imzolandi.

gidrometeorologik, agrometeorologik hamda atrof muhit ifloslanishi kuzatish stansiya va postlari boʻyicha joriy yilda 30 ta obyektlarda qurilish ishlar amalga oshirildi.

Iqlim oʻzgarishining salbiy taʼsirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yoʻnaltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2,4 mlrd soʻm boʻlgan 3 ta loyiha moliyalashtirildi

Soha boʻyicha koʻrsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar hajmi 5,2 mlrd. soʻmga (2 baravarga) yetkazildi.

Gidrometeorologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida 2021-2022 oʻquv yili uchun jami 113 ta, Oʻzbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya yoʻnalishining mahsus sirtqi yoʻnalishiga jami 75 ta xodim xujjat topshirdi, hamda Toshkent gidrometeorologiya texnikumiga 2021-2022 oʻquv yili uchun jami – 452 ta ariza kelib tushgan.

Jahon meteorologiya tashkilotning oʻquv dastur doirasida asosida soha xodimlarining 36 nafari oʻz malakalarini oshirib sertifikatlarga ega boʻldilar.

“Oʻzgidromet”ning 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida aprel oyida Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ham maʼlumot berildi.

“Oʻzgidromet” bosh direktori Sherzod Habibullayev aprel oyining ikkinchi va uchinchi 10 kunligida yogʻingarchilik boʻlishini, biroq yomgʻir miqdori koʻp boʻlmasligini taʼkidladi. Aprelning birinchi 10 kunligi esa yogʻingarchiliksiz oʻtishi kutilyapti.

Bosh direktor mart oyida shu oyga nisbatan 20 yil ichida kuzatilmagan yomgʻirlar yogʻganiga ham toʻxtaldi.

— Hozirgi kunda yil boshiga nisbatan 1-chorakning dastlabki rejasiga qaraydigan boʻlsak, bu yomgʻirlar biz oldin oʻrganmagan, ketma-ketligi jihatidan 100-yilda bir marta boʻladigan yoki mart oyiga solishtiradigan boʻlsak, 20 yil oldingi rekorddan ham oʻtdi, – dedi Sherzod Habibullayev.