Tadbirda OʻFA rahbariyati, mutaxassislar va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etib, hakamlarimizni tarixiy musobaqa oldidan tabrikladi va ularga omad tiladi.
Uchrashuvda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bu voqea oʻzbek futbooli uchun muhim tarixiy sahifa ekanini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, milliy terma jamoa bilan bir vaqtda oʻzbekistonlik hakamlarning ham Jahon chempionatida ishtirok etishi odatda futbol rivojlangan yirik mamlakatlarga xos holat sanaladi. Endi Oʻzbekiston ham ana shunday davlatlar qatoridan joy olmoqda.
Ravshan Ermatov hakamlarga katta masʼuliyat yuklanishini taʼkidlab, ular Jahon chempionatida Oʻzbekiston nomidan maydonga chiqishi va millionlab muxlislarda mamlakat haqida tasavvur shakllantirishini aytdi.
Tadbir yakunida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi bilan esdalik suratiga tushildi hamda ularga FIFA Jahon chempionatida muvaffaqiyat tilaklari bildirildi.