Bugun Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlogʻi 26-oʻrta maktabda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ilhaq" filmi ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda maktab maʼmuriyati, oʻqituvchi va oʻquvchilar, jamoatchilik faollari, Toshkent viloyati Hokimligi vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat hodimi, film rejissyori Jahongir Ahmedov, bosh rol ijrochilaridan biri aktyor Ilhom Sodiqov hamda yozuvchi Alinazar Egamnazarovlar bilan ijodiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, katnashchilar uchun “Ilhaq" filmi namoyish etilib, oʻqituvchi va oʻquvchilarning film haqidagi fikrlari tinglandi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati