“Ilhom” mukofoti g'olibi “Damas” yutib oldi

    Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2024-yilgi sovrindorlari taqdirlandi.

    Tanlovda 1-o'rinni olgan Toshkent davlat yuridik universitetining 4-bosqich talabasi Shoxzodjon Otamurodovga “Damas” avtomobilining kaliti topshirildi.

    Shuningdek, 2- va 3-o'rinlarni egallagan Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ruxsora Imomova va Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-bosqich talabasi Dildora Yorbulova pul mukofotlari bilan rag'batlantirildi.

    Bundan tashqari, “Ilhom” mukofotining rag'batlantiruvchi mukofotlari bilan ham bir qator talaba yoshlar taqdirlandi.

    Ma'lumot o'rnida: “Ilhom” mukofoti tanlovi hukumat qarori bilan shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o'rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o'tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'tkaziladi.

    Davlatoy Murodova,

    O'zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti talabasi