Koʻl suvi muzlik oralab okeanga quyilgan. Gap 21-26 million kub metr suv haqida ketmoqda. Bu San-Diyego koʻrfazi (Kaliforniya shtati) suv hajmidan ikki baravar koʻp deganidir.
Olimlarning taʼkidlashicha, yoʻqolib qolgan koʻlning suv zahirasi muzlik ostida oʻn yilliklar davomida hosil boʻlgan. Suv massasi ogʻirligining oshishi natijasida muzlik eriy boshlagan, suv esa muz oralab okeanga quyilgan. Muzlik yuqori qismining oʻpirilib tushishi esa krater hosil boʻlishiga olib keldi.
Qalinligi 1500 metr boʻlgan muzlik oralab suvning “ketib qolishi” kamdan kam yuz beradigan hodisa. Olimlarning fikricha, Antarktidadagi yirik koʻlning yoʻqolib qolishi iqlim oʻzgarishlari jarayoniga taʼsir oʻtkazishi mumkin.