Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil oʻqituvchi-stajyor boʻlib ishlaydi

    Hukumat 28 Avgust 2023 1837

    Bundan buyon oʻqituvchilikka qabul qilish tanlov asosida boʻladi.

    Davlatimiz rahbari oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish haqida soʻz yuritar ekan, oʻqituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham toʻliq oʻzgarishini qayd etdi.

    Har yili maktablarda 8 ming oʻqituvchi ishga qabul qilinadi, yangi maktablar hisobiga yana shuncha oʻqituvchiga ehtiyoj paydo boʻladi.

    Bundan buyon oʻqituvchilikka qabul qilish tanlov asosida boʻladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil oʻqituvchi-stajyor boʻlib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim boʻladi.

    Kelgusida bu tizim barcha oʻqituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.