Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy taʼlim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatiga kiritildi.

QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, oʻz ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.