Huquqiy maslahat markazlarini ochish federatsiyaning shunday loyihalaridan biridir.
Bunday markazlarni respublikamizning turli hududida joylashgan bozorlar va mahalla fuqarolar yig'inlarida tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etish bo'yicha federatsiya rahbariyati tomonidan bosqichma-bosqich zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov bugun Qarshi shahridagi "Erqo'rg'on" dehqon bozori MCHJ raisi J.Xalilov bilan uchrashib, huquqiy maslahat markazlari qurilishi borasida o'z taklif va tavsiyalarini berdi.
E'tiborli jihati shundaki, uchrashuv davomida vohadagi birinchi huquqiy maslahat markazi Qarshi shahridagi "Erqo'rg'on" dehqon bozorida tashkil etilishi haqida kelishib olindi.