Jamoat transportlarisiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Buni birgina karantin kuchaygan oʻtgan yilning ayni shu davrlarida yana-da chuqur his qildik, desak, xato boʻlmaydi. Zero, hammaning ham shaxsiy avtomobili boʻlavermaydi. Bilasizmi, uzogʻimizni beminnat yaqin qilayotgan jamoat transportlari tarixi qachonga borib taqaladi?
Dunyodagi ilk jamoat transporti 1662-yil 18-martda Fransiya poytaxti Parijda paydo boʻlgan. Bu ot qoʻshilgan sakkiz oʻrinli arava boʻlgan va “omnibus” (hamma uchun) deb nomlangan. Omnibus “palankin yoki karetadan foydalanish imkoniyati boʻlmagan shaxslar uchun” moʻljallangan boʻlgan.
Keyinchalik, boshqa shaharlarda ham turli xil dizayndagi koʻp oʻrinli yoʻlovchi ot aravalari — omnibuslardan foydalana boshlashgan. XIX asrga kelib, omnibuslar ommaviy mashhurlikka erishgan.