Qurilish ishlarida sarf xarajatlarni qisqartirish va boshqarmada mavjud moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanish maqsadida neftni birlamchi tayyorlash qurilmasini qurish uchun zarur boʻlgan apparatlar, quvur va armaturalar boshqarmaning ichki imkonidan kelib chiqqan holda ajratildi.
Qurilmani qurish natijasida “Illanli” konidagi 2- va 3- sonli quduqlar oʻzlashtirildi. Ayni vaqtda neftni birlamchi tayyorlash qurilmasidan kunida 15 tonna neft xomashyosi tayyorlanib, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib berilmoqda.
Qurilish montaj ishlari “Muborak neft gaz quruvchi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirildi.
Bu kabi yangi loyihalarni bajarilishi evaziga neft qazib chiqarishni oshirilishi Respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va aholisini neft mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini uzluksiz taʼminlashga xizmat qiladi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati