Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Gruziya, Koreya, Rossiya va Germaniya davlatlarining soha ekspertlari, energetika kompaniyalari vakillari hamda olimlar, ilmiy va amaliy xodimlar, yosh olimlar, doktorantlar va bakalavriat darajasida tahsil olayotgan hamda ilmiy izlanishda boʻlgan talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad elektr energetika sohasini innovatsion rivojlantirish hamda raqamlashtirish sharoitida xalqaro ilmiy ishlanmalar, gʻoya va fikrlar almashish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari hamda energiya samaradorligini oshirishda dunyo innovatsion texnologiyalarni joriy etishning tahlilini olib borishdan iboratdir.

Bugungi oʻtkazilgan respublika konferensiyasi energetika sohasida tarmoq korxona bilan oʻtkazilayotgan birinchi konferensiya hisoblanib, ishlab chiqarish korxonasi va oliy taʼlim oʻrtasidagi hamkorlikning yorqin ifodasi hisoblanadi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasidagi hamkorlik Memorandumi” hamda “2021-2025-yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Elektr taʼminoti” sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.

Toshkent davlat texnika universiteti

Matbuot xizmati