Seminar ishida materialshunoslik sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, oʻquv jarayonini xalqaro ilmiy yangiliklar bilan boyitib borish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro seminarda xorij olimlarining materialshunoslik va mashinasozlik sohasida ilmiy izlanish va yutuqlari bilan tanishish, tajriba almashish, oʻzaro hamkorlikda tadqiqotlar olib borish borasida fikr almashildi.

Seminar-treningda ishtirokchi oliy taʼlim muassasalari olimlari hamda Shrinagar milliy texnologiya instituti ilmiy-tadqiqotlar markazi direktori, professor Muhammad Faroq Vani maʼruza qildi.

Seminar yakunida Shrinagar milliy texnologiya institutining ilmiy laboratoriyalarida transport tizimining mashinasozlik va materialshunoslik sohalaridagi ilmiy tadqiqot natijalarini sinovdan oʻtkazish, yosh mutaxassislarni malaka oshirishga yuborish hamda hamkorlikda oʻquv darsliklar tayyorlash masalalari kelishib olindi.

Onlayn Xalqaro ilmiy seminar-trening Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan Hindiston-Oʻzbekiston qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi.

Dilshod Rahmatov,

Toshkent davlat transport universiteti matbuot kotibi