“SpaceX” kompaniyasining asoschisi, “Tesla” bosh direktori Ilon Mask oʻtgan bir kecha-kunduzda $16,5 mlrd yoʻqotib, sayyoramizning eng boy odamlari reytingida sakkizinchi oʻringa tushib ketdi. Bu haqda milliarderlarning real vaqt tartibida mol-mulkini baholovchi “Forbes Real-Time”ning 9-sentyabr kungi reytingi maʼlumotlari dalolat bermoqda.
Kuni kecha savdoda “Tesla” aksiyalari qiymatining beshdan bir qismini yoʻqotdi. Nyu-York fond birjasi yopilishida ular 21,06% — $330,21 ga arzonlashgan.