Nafaqat kompaniya, hattoki Apple qoidalariga zid ravishda ilova nomini ham o‘zgartirgan Ilon Mask yana navbatdagi nayranglarini boshladi.

Bu gal u TweetDeck nomini XPro deb o‘zgartirdi. Xabaringiz bor, iyul oyida ko‘plab foydalanuvchilar TwyeyetDeckga kirish huquqidan mahrum bo‘lishdi.

Shundan so‘ng kompaniya tomonidan bir oy mobaynida TweetDeckga faqat tasdiqlangan foydalanuvchilargina kirishi mumkinligi ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda XPro (TweetDeck) ham pullik bo‘lishi kutilmoqda.