Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Maskning boyligi taxminan 187,1 milliard dollarni tashkil qiladi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Mask boyligi 185,3 milliard dollarni tashkil qiluvchi LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arnoni ortda qoldirib, sayyoramizning eng boy odami unvonini qaytarib oldi.
Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Maskning aktivlari uning Tesla kompaniyasi aktsiyalari narxining deyarli 70 foizga oshishi hisobiga ko'paygan. Kompaniyaning elektromobillari narxi pasaygach, ularga bo'lgan talabning ortishi ham milliarderning boyligi oshishiga xizmat qilgan, deyiladi tass.ru saytida.