Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi o'rinni egalladi

    Parij savdolarida LVMH aksiyalari 2,6 foizga tushib ketganidan keyin Tesla bosh direktori Ilon Mask magnat Bernar Arnodan o'zib ketdi va yana dunyoning eng boy odamiga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, bu yil Mask va 74 yoshli fransuz Arno Bloomberg Billionaires Index – dunyodagi eng boy 500 kishi ro'yxatida birinchi o'rin uchun kurashmoqda.

    Arno dekabr oyida birinchi marta Maskni ortda qoldirdi. Arno tomonidan asos solingan LVMH kompaniyasi Louis Vuitton, Fendi va Hennessy kabi brendlarga ega. LVMH aksiyalari aprel oyidan beri taxminan 10 foizga tushib ketdi.

    Ilon Mask bu yil asosan Tesla tufayli 55,3 milliard dollardan ortiq daromad oldi. Uning boyligining 71 foizini tashkil etuvchi avtomobil ishlab chiqarish yil boshidan buyon 66 foizga o'sdi.

    Maskning boyligi hozirda taxminan 192,3 milliard dollarga baholanmoqda, Arnoniki esa taxminan 186,6 milliard dollar, deb xabar beradi korrespondent.net.