U yerda modulli akkumulyatorlar 2024-yilning ikkinchi choragida ishlab chiqarila boshlashi kutilmoqda. Zavod yiliga 10 000 dona Megapack ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'ladi.
Teslaning ma'lumotlariga ko'ra, 3 megavatt-soatgacha bo'lgan ushbu tizimlarning har biri bir soat davomida 3600 ta uyni quvvatlantirishga qodir.
Teslaning Shanxaydagi birinchi ishlab chiqarish maydonchasi pandemiyadan oldin tashkil etilgan. Pekin va Vashington o'rtasidagi ziddiyatlarga qaramay, amerikalik milliarder Xitoy bozori uning biznesi uchun strategik ahamiyatga ekanligini tan oldi.
O'tgan yili Shanxaydagi zavod 700 000 dan ortiq elektr transport vositalarini ishlab chiqardi – bu dunyodagi umumiy ishlab chiqarishning 52% ni tashkil etdi, deb xabar beradi ru.euronews.com.