Hozir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 178 nafar imkoniyati cheklangan talaba tahsil olmoqda. Bayram tadbirida ularning 40 nafari universitet rektori A.Qirgʻizboyev tomonidan pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirildi.

Madaniy-maʼrifiy tadbirda imkoniyati cheklangan talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbir doirasida fizika-matematika fakulteti talabasi, Turkiyaning Antaliya shahrida nogironlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatining shashka boʻyicha 2-oʻrin sohibi A.Akromov ham taqdirlandi.