Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:
- birinchi oliy taʼlim muassasasi bosqichi;
- respublika final bosqichi.
Tanlovning oliy taʼlim muassasi bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasi rektoratining faxriy yorlig‘i hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi BHMning 10 barobari, 2-o‘rin 8 barobari va 3-o‘rin 6 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
Respublika bosqichining 1-o‘rin sohibi esa Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining maxsus diplomi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.