Xususan, bugun respublikamizda istiqomad qilib kelayotgan 800 mingga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, ularni amalga oshirishga qartilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada, nogironlik ijtimoiy himoya yoki tibbiyot muammosi emas, balki, birinchi navbatda, inson huquqlari masalasi sifatida kun tartibiga qoʻyildi.
Jumladan, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish jarayonida umumiy qabul sonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha ravishda ikki foizlik kvota ajratish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu islohotlarni yanada tizimlashtirish hamda xalqaro tajribani kengroq joriy qilish maqsadida “Istiqbol” tadqiqot markazi ekspertlari tomonidan “Oliy taʼlimda tahsil oluvchi nogironligi bor talabalar uchun toʻsiqsiz muhitni shakllantirish metodikasini yaratish” loyihasi doirasida Turkiyaning Anqara universitetida nogironligi bor talabalar uchun yaratilgan sharoitalar oʻrganildi.
Bugungi kunda 70 mingga yaqin talaba tahsil olib kelayotgan oliy taʼlim muassasasida barcha talabalar bilan bir qatorda nogironligi boʻlgan talabalar uchun ham binolarga kirish yoʻlaklari, lift, kutubxonalarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida universitet professor oʻqituvchilari hamda talabalar bilan ijtioy himoya tizimidagi oʻzgarishlar, bu borada Turkiya va Oʻzbekiston tajribasi borasida ham fikrlar almashildi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtish joizki, ayni kunda “Istiqbol” tadqiqot markazi ekspertlari tomonidan yana bir qator xorijiy davlatlar tajribasi oʻrganilmoqda.