Ma'lumki, imkoniyati cheklangan yoshlarni zamonaviy kasbga o'qitish va hayotda o'z yo'llarini topishga ko'maklashish maqsadida "IMKON” loyihasi doirasida malakali mutaxassislar tomonidan ularga bepul ta'lim berib kelinmoqda. Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi ma'lumotiga ko'ra, loyihaning 1-mavsumi doirasida 40 foiz yoshlar o'z biznesini yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'lishdi. Shundan 20 foizi frilanser va 20 foizi SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing) bo'yicha o'z faoliyatini samarali olib bormoqda. 

Bugungi kunda "IMKON" grantining navbatdagi II-mavsumida qatnashish niyatida bo'lgan 183 nafar yigit-qizdan ariza kelib tushdi. Ular orasidan texnologik bilimga ega 32 nafari saralanib, soha mutaxassislari tomonidan grafik dizayn va SMM bo'yicha saboq berila boshlandi.