Vaksina olgan bemorlarda koronavirus infeksiyasining ogʻir holati juda kam uchraydi. Bu kasallikning emlashdan oldin va keyingi asosiy farqidir, deb taʼkidladi immunolog.
“Agar biror kishi emlashdan keyin kasal boʻlib qolsa, aksariyat hollarda kasallik yengil kechadi. Garchi odamda oz boʻlsada kasallikning ogʻir shaklini yuqtirish ehtimoli boʻlsa, bu ehtimollik 98-99 foizga kamayadi”, — dedi Kryuchkov.
RIA Novosti xabariga koʻra, vaksina olgan odam ham koronavirus infeksiyasiga chalinishi va boshqalarga xavf tugʻdirishi mumkin, ammo yuqtirish muddati odatdagidan kamroq boʻladi.
Unga koʻra, emlangan kishi boshqalar uchun xavfli ekanini bilmasligi mumkin, chunki unda koronavirus infeksiyasining alomatlari sezilmaydi.